O‘zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘rnatuvchi yangi vakolatli organ — energetika vazirligi tashkil etildi. Vazirlikka O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov rahbar bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Shu munosabat bilan Alisher Sultonov hozirda egallab turgan lavozimi — geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarligidan ozod etildi.“O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutilgan.
1967-yilda tug‘ilgan Alisher Sultonov 2017-yilning 1-noyabridan boshlab Bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi
Izoh (0)