Nukus tumanida dunyoga kelgan egizak qizlarga Barchin, Gavhar va Gumus (Kumush) deb ism qo‘yildi. Bu haqda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sarbinaz Abatova ma’lum qildi, deya xabar beradi “KRuz.uz”.
“Egizak qizlarimga ota-onam ism qo‘yishdi. Boshida Prezidentimiz sharafiga ism qo‘ymoqchi edik. Ammo qizlarga xos ism topolmadik”, — deydi egizaklarning otasi Murat Jumamuratov.
Endi Neytbay aka va Tinshgul opaning 6 nafar nevarasi bor: Alpomish, Aydana va Guldana (birinchi egizaklar), Barchinoy, Gavharoy va Gumusoy (ikkinchi egizaklar).
Izoh (0)