Latviyaning Riga shahrida boshlangan “Balttour—2019” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Samarqand viloyatidagi bir qator sayyohlik firma va kompaniyalari ishtirok etmoqda. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi bilan yaqin hamkorlik tufayli viloyat sayyohlik sohasi vakillari ushbu tadbirda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ko‘rgazmaning ilk kunidayoq yuzlab ishtirokchilar Samarqand brendi bilan qiziqib, O‘zbekistonga kelish, tarixiy obidalarni ziyorat qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
3-fevralgacha davom etadigan ko‘rgazmada dunyoning 41 mamlakatidan 885 ta turistik kompaniya ishtirok etmoqda.