Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda agentlik barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2018-yilda aholiga ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni 5 milliondan oshgani qayd etildi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan qirq barobar ko‘p bo‘lgan.
Ayni paytda bitta markazga tashrif buyuruvchilar soni oyiga 600 mingdan 1,5 milliongacha yetmoqda. Bu kelgusida markazlarga tashrif buyuruvchilar soni hozirgidek 5 million emas, 20 milliondan ham oshishi mumkinligidan darak beradi.