2019-yilning yanvar oyida O‘zbekiston iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,5 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8 foizga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,8 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga oshdi. Xizmatlar narxi esa 0,5 foizga o‘sdi.
Ma’lumot uchun, 2018-yil yanvar oyida mahsulotlar narxlari 3,0 foiz, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlagandi. Oziq-ovqat mahsulotlari 3,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 2,3 foizga oshgandi.