O‘zbekiston 2019-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatdagi ilk quyosh elektr stansiyasi qurish uchun investorlar saralashni yakunlaydi, deb xabar berdi “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati.
100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi Navoiy viloyatida Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida quriladi.
“Kompaniya 1-fevraldan loyiha uchun investorlarni saralashni boshladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, ushbu loyihaga Fransiyaning Total EREN va BAAning Masdar kompaniyasi qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.