Amerikalik Devon Braun lahzalik lotereyada 1 million AQSh dollar yutib oldi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Braunning aytishicha, tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan kecha oldida u Xarriman shahridagi AYoQShga kirgan va yutuqli lotereya sotib olgan.
“Men hali ham buni tush deb o‘ylayapman” — deydi u.
Braun yutuqni olishga borishdan oldin tun bo‘yi uxlamaganini aytgan.
Devon o‘z pullarini investitsiyaga yo‘naltirmoqchi. Shuningdek u zararkunandalar bilan kurashish kompaniyasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqchi.