“Milan” klubi yarim himoyachisi Alen Halilovich yaqin 1,5 yil ichida Belgiyaning “Standard” klubida to‘p suradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Klub 22 yoshli xorvatiyalik futbolchini sotib olish sharti bilan 2020-yilning iyuniga qadar ijaraga oldi.
Halilovichning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi esa 2021-yilning iyun oyida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda xavbek Yevropa Ligasi musobaqasida atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi, xolos.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)