29-yanvar kuni Samarqand shahar Sartepa mavzesida ichimlik suvi quvuri teshilgani oqibatda ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda, deb xabar berdi “Zarnews”.
Quvur Botir Zokirov mahallasi hududidagi 45-yo‘nalishda qatnovchi avtobusning oxirgi bekati oldida joylashgan.
27—28-yanvar kunlari esa hududdagi ichimlik suvi uzib qo‘yilgan.
Shuningdek, Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi “Nihol” restorani oldida quvur teshilgani oqibatda ham ichimlik suvi isrof bo‘lgan.
Izoh (0)