Toshkentning Yunusobod tumani hokimligi ko‘p qavatli uylar boshqaruvchi kompaniyalari uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Tanlov asosida ko‘p qavatli uylarni saqlab turish, ekspluatatsiyasi va ta’miri bilan shug‘ullanadigan boshqaruvchi kompaniya tanlanadi. Shundan so‘ng kompaniya va uy egalari o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Majburiy badal va to‘lovlar qiymati umumiy yig‘ilishda belgilanadi.
Tanlovda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar, jumladan, xorij kompaniyalari ishtirok etishi mumkin. Talabnomalar joriy yil 10-fevraliga qadar qabul qilinadi, yakunlari esa 18-fevralda e’lon qilinadi.
Izoh (0)