Joriy yil 28-yanvar kuni soat 21:00 da Qirg‘izistonning Botken viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Botken tumani hududidan o‘tuvchi O‘sh—Botken—Isfana yo‘lining 207-kilometrida harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 40 D 091 PA bo‘lgan Nexia avtomobili qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan Qirg‘izistonning Mersedes-sprinter furgon mashinasi bilan to‘qnashdi.
YTH oqibatida haydovchi hamda uning 4 nafar yo‘lovchisi (O‘zbekiston fuqarolari) voqea joyida halok bo‘ldi. Ularning jasadi Botken tuman shifoxonasiga olib kelingan.
Izoh (0)