AQSh Xitoyning Huawei kompaniyasiga nisbatan rasman ayblovlar e’lon qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Ayblovlar 13 ta banddan iborat va ular kompaniya hamda uning ikki filialiga qarshi ilgari surilgan. Huawei amerikalik sheriklarning tijoriy sirini o‘g‘irlash va bank firibgarligida ayblanmoqda.
Shuningdek, Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouga ham ayblov e’lon qilingan. Erondagi bo‘linma bilan aloqalarda gumon qilinayotgan Vanchjou AQSh so‘roviga binoan Kanadada qo‘lga olindi.
Izoh (0)