Braziliya janubi-sharqidagi metallurgiya sanoati chiqindilari oqiziladigan dambaning o‘pirilishi qurbonlari soni 65 kishiga yetdi. Bu haqda “Vesti.ru“ xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni 292 kishini tashkil etmoqda. Mahalliy aholining yana 382 nafari tirikligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, metallurgiya sanoati chiqindilaridan iborat suvni ushlab turgan to‘g‘on Brumadinyu munitsipalitetida 25-yanvar kuni yorilgan. Yaqin atrofda joylashgan uylardagi aholi evakuatsiya qilingan, bir necha uylar chiqindi suv oqimi oqibatida vayron bo‘lgan.
Izoh (0)