• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Tashkilotlarni aldab, bir qizning nomini bulg‘agan shaxsga qanday jazo bor?

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand viloyati Urgut tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi fuqaro Mohigul Maxmanazarova murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumandagi Mirzaqishloq mahallasida yashovchi fuqaro Ilhomjon Aktamov birinchi turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohda bo‘la turib, unga aldov yo‘li bilan uylanib olgan. Qiziq tomoni shundaki, Ilhom Aktamov birinchi turmush o‘rtog‘idan qonuniy ajrashmasdan turib, ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham nikohdan o‘tgan. Natijada unda ikkita turmushida ham nikohni qayd etuvchi qonuniy guvohnoma paydo bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib borib, bir kishiga nikohni qayd etuvchi ikkita guvohnoma qanday berilganligiga oydinlik kiritishga harakat qildi.

    2016-yilning noyabr oyidan 2017-yilning yanvar oyiga qadar mahalladoshimiz Oltin aka degan odam ota-onamning oldilariga meni kelin qilish maqsadida kelishdi. Ota-onam u kishiga o‘g‘li oldin uylanganligidan xabardor ekanligini bilganliklari uchun meni o‘g‘liga turmushga berishmasligini ko‘p marotaba aytdi. Biroq shunga qaramay Oltin aka o‘g‘lini qonuniy ajralganligini, meni kelin qilib olib kelsa qonuniy nikohdan o‘tkazishlarini aytishdi. Oradan bir qancha muddat o‘tgach meni yangam (kelinoyi) bilan Urgut tuman 1-son FHDYo bo‘limiga olib kelishdi. Menga u yerda bir xodima oppoq qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib oldi. 2017-yilning 3-fevral kuni Ilhomjon Aktamov bilan nikohimiz qonuniy qayd etilib, nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnomani oldik. Shundan so‘ng men bir yarim yil davomida Ilhom Aktamov bilan birga yashadim.

    Mohigul Maxmanazarova

    Ma’lum bo‘lishicha, mavsumiy ish bilan shug‘ullanuvchi Ilhomjon Aktamovning birinchi turmush o‘rtog‘i o‘zaro kelishmovchilik sabab ketib qolgan. Biroq ularning nikohiga sud tomonidan qonuniy ajrim berilmagan. Bu orada uning ota-onasi o‘g‘lini uylantirish payida bo‘lib, Mohigul Maxmanazarovaning uyiga sovchilikka borgan. Ilhomjon Aktamov ikkinchi turmushini FHDYo orqali nikohdan o‘tkazish voqeasini quyidagicha so‘zlab berdi.
    Ikkinchi turmush qurayotganimda pasportim yo‘qolib qoldi. Men Urgut tuman IIBga borib yangi pasport oldim. Biroq pasportimda nikohim qad etilganligi to‘g‘risida ma’lumotni kiritmadim. Ikkinchi marotaba uylanishim aniq bo‘lganidan so‘ng tuman FHDYo bo‘limiga borib, nikohdan o‘tish bo‘yicha ariza topshirdim. U yerdagilar ham avval uylanganmanmi yoki yo‘qligini so‘rashdi. Men uylanmaganman deb aytdim.

    Ilhomjon Aktamov

    Ilhomjon Aktamov. Foto: “Daryo”

    Ilhomjon Aktamov. Foto: “Daryo”

    Yangi pasport olganingizdan so‘ng nega nikoh qayd etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni kiratmadingiz degan savolimizga Ilhomjon avvaliga “esimdan chiqib ketibdi” deb javob berdi. Bir ozdan so‘ng yana shu savolimizga “pasport almashgandan keyin nikohni qayd etish bo‘yicha ma’lumotni kiritish kerakligidan xabarim yo‘q edi”, deb javob berdi. Aniqrog‘i, ikkinchi turmushini FHDYodan qanday qilib o‘tganligini turli yo‘llar bilan yashirishga harakat qildi. Qolaversa, nikohni qayd etish uchun FHDYoga zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni kuyov va uning otasi amalga oshirganligini, biroq o‘sha hujjatni qay yo‘llar bilan to‘g‘rilab kelganligini eslay olmasligini bildirdi. Qilmishini yashirish uchun turli bahonalar o‘ylab topdi.

    Mazkur masala yuzasidan Urgut tuman 1-son FHDYo bo‘limi rahbari Sayyora Tursunova bilan uchrashib, holat yuzasidan fikrlari bilan qiziqdik.

    Ushbu holat biz uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Ilhomjon Aktamovning nikohini qayd etishi lozim bo‘lgan hujjatlari bilan bo‘limimiz inspektori Fariza Abdullayeva shug‘ullangan. Kuyov qurayotgan nikohi birinchi turmush ekanligini bildirib, hatto tuman “pasportstol”dan ma’lumotnoma ham olib kelgan. Aynan ushbu ma’lumotnomaga ishonib inspektor hujjatlarni rasmiylashtirgan va nikohni qayd etuvchi guvohnoma taqdim etgan

    Sayyora Tursunova, Urgut tuman 1-son FHDYo bo‘limi rahbari

    Urgut tuman 1-son FHDYo bo‘limida inspektor bo‘lib ishlaydigan Fariza Abdullayeva betob bo‘lganligi uchun ishga kelmagan ekan. Shu bois u bilan telefon orqali gaplashdik.
    Ilhomjon Aktamov va Mohigul Maxmanazarovalarning hujjatlarini men to‘plaganman. Kuyovning gaplariga ishonib, u olib kelgan ma’lumotnoma asosida nikohi birinchi marta qayd etilayotgan ekan deb o‘ylaganman. Ilhomjon Aktamovni yolg‘on ma’lumot bersa qonuniy chora ko‘rilishi haqida ham ogohlantirgandim. Ammo ogohlantirishimga qaramasdan u menga yolg‘on ma’lumotnoma taqdim etgan. Natijada qilgan e’tiborsizligim sababli tuman hokimligi tomonidan jazoga ham tortildim.

    Fariza Abdullayeva

    Joriy yilning 4-yanvar kuni Urgut tuman hokimligida tuman prokurori, apparat xodimlari va FHDYo bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur masala atroflicha muhokama qilingan. Xususan, tuman 1-son FHDYo bo‘limining inspektori Fariza Abdullayeva o‘ziga yuklatilgan vazifani lozim darajada bajarmasdan, o‘z xizmt vazifalariga mas’uliyatsiz bilan yondashganligi, ya’ni, Ilhomjon Aktamovni muqaddam turmush qurgan yoki qurmaganligini to‘liq tekshirmaganligi oqibatida mazkur qonun buzilishi holatlari kelib chiqqanligi aniqlangan. Yig‘ilishda ushbu holatlarni boshqa takrorlanmasligi uchun o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qarab, qonun buzilish holatiga imkon yaratganligi uchun Fariza Abdullayevaga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi bayon etilgan.

    Qalovini topib qor yondirgan Ilhomjon Aktamov ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy ajrashish yo‘lini topganligi bizni ajablantirdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining sudyasi S.Tursunov raisligida 2018-yilning 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sud qaroriga ko‘ra Ilhomjon Aktamov va Mohigul Maxmanazarovalarning nikohi haqiqiy emas deb topilgan. Biroq Mohigul Maxmanazarova mazkur sud bo‘lishidan 25 kun avval, aniqrog‘i 2018-yilning 5-noyabr kuni FIB Tayloq tuman sudiga ajralmasligi to‘g‘risida ariza kiritgan. Sud Maxmanazarovaning ajralmasligi to‘g‘risidagi arizasini inobatga olmay, Aktamovning ajrashish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qanotlantirgan.

    Men kelin bo‘lib tushganimdan so‘ng xomilador bo‘ldim. Ammo turmush o‘rtog‘im bu xabarni eshitib “bolani oldirish uchun qancha pul kerak beraman, borib oldirib kel, men seni bola uchun emas, ish uchun olganman” deb bolani oldirishga ko‘p majburladi. Lekin men bolani oldirmadim. Shu alfozda 8 oy davomida menga ayni holatimga to‘g‘ri kelmaydigan, mumkin bo‘lmagan og‘ir ishlarni qildirdi. Bola 8 oylik bo‘lganida menga tamaki sug‘irtirishdi. Bu og‘ir ish tufayli bolam nobud bo‘ldi. Ota-onamning bergan tarbiyasi sabab bo‘lgan voqealarni ularga aytmadim. Ammo ular keyinroq barcha voqeadan xabar topishdi. Men shifoxonadan uyga kelgach bir-ikki kun yotdim. Oradan o‘n kun o‘tar-o‘tmas hovlidagi bitta uyni buzib, erim meni ham chaqirib g‘ishtlarni tashish kerak deb g‘isht tashittirdi. Bundan tashqari, ham dalaga olib chiqib erkaklarga ham og‘irlik qiladigan ishlarni qildirishdi.

    Mohigul Maxmanazarova

    O‘ylaymizki, Urgut tuman xotin-qizlar qo‘mitasi Mohigul Maxmanazarovani qo‘llab-quvvatlaydi, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar Ilhomjon Aktamovning barchani aldab, ikkinchi turmushni qonuniylashtirib olganligi, o‘zining yolg‘onlari sabab bir qizning nomini bulg‘aganligi va Mohigul Maxmanazarovaga nisbatan qilgan nohaqliklarini atroflicha o‘rganib chiqadi.

    29.01.2019, 16:54   Izoh (0)   49403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ta’lim sohasidagi rahbar ayollar tajriba almashadi

    29.01.2019, 16:43

    O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarning narxlari e’lon qilindi

    29.01.2019, 16:31

    Toshkentga doimiy propiska qilish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar yana ikkitaga ko‘paydi

    29.01.2019, 15:33

    Samarqandda suv quvuri teshilishi oqibatida ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda

    29.01.2019, 14:56

    O‘zbekistonda tovarlar eksport-importi jarayonini soddalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

    29.01.2019, 13:50

    Andijonda Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi

    29.01.2019, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00

    “Diplomga qiziqish kamayishi tabiiy hol” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov abituriyentlar soni nega qisqarayotgani haqida

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:46

    Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

    Sport | 29 iyun, 16:31

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.