Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-maktab direktori 11-sinf o‘quvchisini darsga kech qolgani uchun urgan. Bu haqda o‘smirning onasi viloyat prokuraturasiga murojaatida ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatidan “Gazeta.uz”ga xabar berishlaricha, ayol o‘z arizasida berilgan zarba oqibatida o‘g‘lining quloq pardasi yirtib yuborganini bildirgan.
Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi onaning arizasi asosida tergovoldi tekshiruv harakatlarini boshlagan. Sudga oid tibbiy ekspertiza o‘tkazish belgilangan.
Bosh prokuraturadan qo‘shimcha qilishlaricha, ushbu hodisa idora nazoratiga olingan.
Izoh (0)