Avstraliya aholisi rekord darajadagi jaziramadan aziyat chekmoqda: mamlakat janubida harorat Selsiy bo‘yicha 50 darajaga yetmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Seduna shahrida qatorasiga ikkinchi kun harorat 48,6 darajaga yetmoqda. Janubiy Avstraliya shtati poytaxti Adelaidada esa bu ko‘rsatkich shahar uchun rekord — 46,6 darajani tashkil etdi.
Jazirama 25-yanvar kuni ham davom etishi va Viktoriya hamda Yangi Janubiy Uels shtatlariga tarqalishi kutilmoqda. Avstraliyaning tennis bo‘yicha ochiq chempionati yarim finali o‘tadigan Melburn shahrida shu kuni 43 daraja harorat hukm surishi aytilmoqda.
Izoh (0)