Tojikistonning Sug‘d viloyati Guliston shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida 22-yanvar, seshanba kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar qildi, deb yozadi Sputnik.
Xabarda keltirilishicha, avval yong‘in chiqib, so‘ngra portlash sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida zavodning 26 yoshli xodimi halok bo‘lgan. Yana ikki nafar ishchi hamda Xitoy Respublikasining fuqarosi kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)