• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazdi (foto)

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Germaniya Federal kansleri Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Davlat rahbari suhbat avvalida Germaniyaga taklif va O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Germaniyaga vaqt davomida sinalgan ishonchli sherik deb qarashini ta’kidladi.

    Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy masalalar bo‘yicha pozitsiyalar o‘xshash va yaqinligi namoyon bo‘ldi. Samarali muloqotni ikki va ko‘p tomonlama shaklda, jumladan, nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida izchil davom ettirishga intilish mushtarak ekani tasdiqlandi.

    Germaniya kansleri O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va jamiyatni yanada demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratish, ko‘p yillik bahsli masalalarni tinchlik yo‘li bilan hal etish va mintaqani global iqtisodiyotga integratsiya qilish bo‘yicha yangi mintaqaviy siyosatini olqishladi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Tomonlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Davlat rahbari Germaniya hukumatiga Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishdagi ko‘magi uchun minnatdorlik bildirib, Berlinni Orolbo‘yi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirdi.

    Muloqotda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalasiga, jumladan, Afg‘oniston muammosini hisobga olgan holda e’tibor qaratildi. Bu masalani barcha tomonlar ishtirokida, afg‘onlar rahbarligida tinch yo‘l bilan hal etish zarurligi alohida qayd etildi.

    Uchrashuvda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi. O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 700 million yevrodan oshgani qayd etilib, bu ko‘rsatkichni 1 milliard  yevroga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

    O‘zbekistonda germaniyalik investorlar ishtirokida 132 ta firma va kompaniya faoliyat yuritmoqda. Shundan 33 tasi yuz foiz nemis kapitali asosida tuzilgan, 31 tasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochgan. O‘zbekiston milliy banki Germaniyaning 57 ta banki bilan aloqa o‘rnatgan. Toshkentda “Doyche-bank” bo‘limi tashkil etilgan.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Tashrif doirasida kimyo, qurilish, energetika, metallurgiya va oziq-ovqat sohalari yetakchilari – “Simens”, “Tissen Grupp”, “Klaas”, “MAN”, “Knauf”, “Linde”, “Pappenburg”, “Xumana”, “Folksvagen” kabi xalqaro miqyosdagi nemis konsernlari bilan sheriklikda yangi ko‘p milliardli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Ilm-fan, ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, madaniy aloqalar va turistlar almashinuvini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

    O‘zbekistonda 8 mingdan ziyod nemis millatiga mansub fuqarolar yashamoqda. Madaniyati va an’analarini saqlab, rivojlantirishi uchun ularga barcha sharoitlar yaratilgan.

    400 mingdan ortiq o‘quvchilar nemis tilini o‘rganmoqda. Yaqinda Toshkent, Samarqand va Buxorodagi maktablarga buyuk nemis olim va yozuvchilari nomi berildi.

    Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenauer hamda Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armalar, Germaniya akademik almashinuvlar xizmati vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Poytaxt va bir necha viloyatlarda bo‘limlari bo‘lgan “Vidergeburt” nemis madaniyat markazi, “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda.

    O‘zbekistonda Germaniya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilgani muhim voqea bo‘ldi. Bu mamlakatni ko‘rishga qiziqadigan turistlar, biznesini yo‘lga qo‘yadigan investorlar va boshqalarga katta qulaylik yaratdi.

    Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalariga oid hukumatlararo va idoralararo 9 ta hujjat imzolandi.

    Tomonlar mamlakatlar va xalqlar manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishini bildirdi.

    21.01.2019, 21:10   Izoh (0)   34878
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi, Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha boshlangan sud, Qashqadaryoda yog‘gan 1 metrlik qor va kunning boshqa muhim xabarlari

    21.01.2019, 21:03

    Samarqandda hokim o‘rinbosari buyrug‘i bilan buzilishi kerak bo‘lgan do‘kon buzilmaydigan bo‘ldi

    21.01.2019, 20:44

    O‘zbekistonda nodavlat ta’lim muassasalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolar bartaraf etiladi

    21.01.2019, 20:31

    O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota chiqarilishining inflyatsiyaga ta’siri bormi?

    21.01.2019, 20:18

    Qoraqalpog‘istonda mast fuqaro Lacetti’ni olib qochdi va ariqqa tushib ketdi

    21.01.2019, 20:05

    Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

    21.01.2019, 19:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtiriladi

    Dunyo | 24 iyun, 11:39

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    Eldor Shomurodovga A Seriyaning boshqa klubidan taklif chiqdi

    Sport | 24 iyun, 11:25

    Tramp Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini aytdi

    Dunyo | 24 iyun, 11:24

    Smartfon tanlash: qaysi funksiyalar chindan ham kerakli, qaysilari ortiqcha?

    Texnologiyalar | 24 iyun, 11:15

    Putin “Oreshnik” ballistik raketasi ommaviy ishlab chiqarilishini aytdi

    Dunyo | 24 iyun, 11:06

    Toshkent metrosining 7 ta bekati oralig‘ida harakat to‘xtatiladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:42

    Qochib ketgan kelin, to‘satdan vafot etgan sozanda: xonanda Xurshid Rasulov to‘ylarda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz holatlar haqida

    Musiqa | 24 iyun, 10:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.