Namanganda barcha fohishaxonalar, kompyuter o‘yinxonalari va spirtli ichimliklar sotish do‘konlari yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda, bu haqda shahar hokimligi “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Mikrorayon hududidagi barcha fohishalik bilan shug‘ullanib ro‘yxatga tushgan xonadonlarni kirish yo‘laklariga, ko‘ngilochar maskanlarga, kompyuter o‘yinxonalariga, spirtlik ichimliklar sotish do‘konlariga hamda hududlar markazlariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ushbu kuzatuv kameralari Ichki ishlar bo‘limlariga ulangan bo‘lib, IIB bazasi xotirasida bir oy saqlanadi hamda tun-u kun nazoratga olinadi.
Namangan shahar hokimligi fuqarolarni birgalikda Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish uchun kurashga taklif qilmoqda.
Izoh (0)