Yaponiya dengizida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirish vaqtda havoda to‘qnashgan Su-34 samolyotlarining ikki uchuvchisining jasadi topildi, deb xabar beradi Meduza.
Birinchi jasadning topilgani haqida Moskva vaqti bilan 21:20 da, ikkinchisining topilgani haqida esa taxminan bir soatdan so‘ng xabar berilgan.
Halok bo‘lgan uchuvchilarning ism-familiyasi oshkor qilinmagan.
Avvalroq, samolyotlardan birining ekipaj a’zosi tirik topilgan edi. Keyinroq Rossiya mudofaa vazirligi yana bir uchuvchining tirik holda topilganini ma’lum qilgan, oradan biroz vaqt o‘tgach bu ma’lumotni inkor qilgan edi.
Su-34 samolyotlari 18-yanvar kuni to‘qnashib ketgan edi. To‘qnashuv “murakkab metreorologik sharoitda bir samolyotning ikkinchisini ko‘rmay qolishi oqibatida yuz bergani” aytilmoqda.
Izoh (0)