Ushbu haftaning birinchi qismida ham ijtimoiy tarmoqlarda hayot qizidi, biz sizga aytsak. Ulardan ba’zilarini, odatdagidek, e’tiboringizga havola etamiz. Marhamat, o‘qib rohatlaning.
Olot hokimi va fermer
Ijtimoiy tarmoqda o‘tgan kunlardagi eng ommalashgan mavzu Olot tumani hokimi Sherali Salomov tuman fermerlaridan biri Orif Durmatovni majlisda urgani hamda keyingi tafsilotlar haqidagi xabar bo‘ldi.Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Sherali Salomov “Shuhrat” fermer xo‘jaligi rahbari Orif Durmatovni ko‘pchilik oldida urib, do‘pposlab, huquqlarini toptab, fermerlik hisob raqamidagi 25 million so‘m mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga majburladi, deb yozilgan xabardan keyin ijtimoiy tarmoqda bu ishga jahldor stikerlar bilan munosabat bildirdildi.
Foydalanuvchilar tuman hokimi jazolanishini kutib turgan vaqtda voqealar rivoji boshqacha tus oldi. O‘rtaga Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev chiqib, har ikki qahramonni yarashtirib qo‘ydi.
Foydalanuvchilar hayronu lol bo‘lib qoldi — bu ularning postlarida aks etdi:
-qani endi quchoqlashinglar, sen tur rasmga ol.
— Mirshakar (@F_Mirshakar) January 16, 2019
(c) yarashtiruv komissiyasi raisi O'ktam Barnoyev
Doniyor RuzmetovMayli, nima ham derdik, avvalo do‘st-inoq bo‘lib yashaganga, tinchlikka nima yetsin. Albatta, huquqni buzganlar tegishli tartibda jazolanishini xohlaymiz.“Yarashtirib qo‘ydi” emas, “qutkarib qoldi” deyish kerak. Yarashtirib qo‘yish degan jazo turini eshitmaganman! ?
Facebook bilan Youtube’ning ochilishi va qayta yopilishi
Ko‘p muhokama qilingan yana bir mavzu O‘zbekistonda qisqa muddatga Facebook va Youtube’ga bemalol kirish imkoniyati paydo bo‘lgani bo‘ldi.Ma’lumki, O‘zbekistonda noma’lum sabablarga ko‘ra Facebook va Youtube servislariga kirib bo‘lmay qolgan; foydalanuvchilar maxsus vpn dasturlari bilan ularga kirayotgan edi. O‘sha taqiq 15-yanvarda soat chamasi 11:00 larda ochildi.
Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev o‘zining shaxsiy Telegram-kanalida bu haqda ajoyib mulohaza yuritdi:
Facebook bilan YouTube “O‘zbekistonga kiraman, baribir kiraman!” deb to‘rt oydan beri boshini Buyuk O‘zbek Internet Devoriga urib yotgan ekan. Boshni devorga urish davomida agar bosh hech yorilmasa, unda devor ag‘dariladi.Boya, sezgan bo‘lsangiz, internet birdan osilib, deyarli ishlamay qoldi, keyin asta “qayta tirildi”. Aftidan, o‘sha vaqtda Devor ag‘darilgan shekilli — aytishlaricha, YouTube ham, Facebook ham vpn’siz ishlayotganmish (tasdiqlayman).
Devorlar ikki xil bo‘ladi. Biri — Buyuk Xitoy devoriga o‘xshaydi. Buzilmay turgani yaxshi — zarari yo‘q, turgan-bitgani milliard-milliard pul. Boshqasi — Berlin devori. Boridan yo‘g‘i yaxshi. Ularni ag‘darish kerak.
Buyuk O‘zbek Internet Devori = Berlin devori.
Baxriddin AsrorLekin, afsuski, foydalanuvchilarning bu quvonchi bir necha soatda barbod bo‘ldi. Facebook va YouTube’ga vpn’siz kirib bo‘lmay qoldi:Bugun vpn’siz yurdim, odam sal xijolat bo‘larkan, shimsiz, shortikda yurganday ?
Ҳаммаси жойида, youtube ҳам, fb ҳам ишламаяпти. )
— Azamat Abdullaev (@abdullaevazamat) January 15, 2019
Dima QayumTexnikalar o‘rnashtirilib bo‘ldi shekilli... Yana ishlamayapti Facebook!
Abdugafur SatimovYoz po‘stiningni asra, qishda o‘zing bilasan. O‘z vpn’ingni asra, FB’da attang qilasan. ;)
Said KomilAsov otdek o‘zbeklarning qaytar joyi sen, sen baribir keraksan, muqaddas vipien!
Futbol
O‘zbekiston terma jamoasining Turkmaniston ustidan g‘alabasi ham eng sermuhokama mavzulardan bo‘ldi.Twitter’dagi ushbu savol odamlarni juda o‘ylantirdi, shu bilan birga, unga berilgan javob ham qolishmadi:
Yaponlar talabalarga shunday der ekan:: "Sening o'qishdagi muvvafaqiyating Yaponiyaning.muvvafaqiyatidir. Muvvafaqiyatsizliging Yaponiyanag muvvafaqiyatsizligidir."
— DAZA (@A_Alijonov) January 17, 2019
Bizlardachi ???????????
Bizda o'qituvchilar "o'qisen o'zin uchun o'qisan, man uchun emas" deb ko'p aytishadi
— Hikmatillo (@asperouzb) January 17, 2019
Ustozlar shu haqda bir o‘ylab ko‘rsa bo‘larkan.
Hujjatdagi jiddiy xato
Qaysidir tashkilot xodimi kompyuterda yozishdagi e’tiborsizligi tufayli yo‘l qo‘ygan qo‘pol imlo xatosi aks etgan xat ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qoldi. “Chiqib” so‘zida “q”ni “ch” bilan adashtirib yuborgan xodim qaytib bunday xatoga yo‘l qo‘ymasa kerak.Unga deyarli hamma mana bunday hazil-mutoyiba bilan munosabat bildirdi.
Nima ham derdik, hech kim xatodan xoli emas, lekin ba’zi xatolar juda kulgili bo‘lishi mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting, ijtimoiy tarmoqdagi eng sara postlarni, “layk”larga sazovor kommentlarni yetkazishda davom etamiz.
Isroil Tillaboyev tayyorladi.
Izoh (0)