2019-yil 15-yanvar kuni Germaniyada Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Oqqulov va Allianz Selbständiger Reiseunternehmer (ASR) (Mustaqil sayyohlik kompaniyalari ittifoqi) prezidenti Jochen Szech o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston turizm salohiyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyuradigan turoperatorlar ro‘yxatini tuzish va tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston turoperatorlari bilan b2b uchrashuvlari o‘tkazilishi haqida kelishuvga erishildi.
Germaniya Federativ Respublikasidagi Mustaqil sayyohlik kompaniyalari Ittifoqi tarkibiga hozirgi kunda 500 dan ortiq (200 ta turoperatorlar, 200 ta sayohat agentliklari va 100 ta media tashkilotlari va boshqalar) mehmonxona biznesi va aviaqatnovlarni amalga oshiradigan kompaniyalar a’zo hisoblanadi.
Izoh (0)