Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublika miqyosida fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn tarzda anketa so‘rovi o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
So‘rovnoma fuqarolar mehnat huquqlarining buzilishi, oylik maoshining vaqtida berilmasligi, ish haqining roziliksiz ushlab qolinishi va dam olish va bayram kunlari ishlashga jalb qilinishni aniqlashga qaratilgan
Mazkur so‘rovda anonim yoki shaxni ko‘rsatgan holda ishtirok etish mumkin. Shaxsini ko‘rsatgan ishtirokchilarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan choralar ko‘riladi.
Izoh (0)