2019-yilning yanvarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Tojikiston iste’molchilar ittifoqi o‘z mamlakatlari fuqarolariga o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishga kelishib oldi. Bu haqda ASIA-Plus xabar berdi.
Ushbu kelishuvga 2018-yilning aprelida tomonlarning imzolagan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumi doirasida erishildi.
Endi O‘zbekistonda ishlayotgan, o‘qiyotgan yoki shunchaki tashrif buyurgan Tojikiston fuqarolari o‘zlarining iste’molchi sifatida huquqi buzilgan holda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga “1091” Ishonch telefonlari orqali murojaat qilishi mumkin.
Xuddi shunday Tojikistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ham huquqiy yordam so‘rab Tojikiston iste’molchilar ittifoqiga (+992 37) 2241411 raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.
Ushbu amaliyot avvalroq qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilmagan masala va muammolarni yechish imkonini beradi.
Izoh (0)