Internetda Artemiy Lebedevning studiyasi tomonidan yaratilgan Toshkentning yangi logotipi suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Ilk kadrlar “Sha vse budet” (“Hozir hammasi bo‘ladi”) telegram-kanaliga joylangan.
“Mana Lebedevning Toshkent logotipi g‘oyasi qisman paydo bo‘ldi. G‘oya tushunarli. Mening bu boradagi fikrim o‘zgarmadi. Ushbu studiyaning ishini hurmat qilgan holda aytaman, bu sust”, — deb yozadi bloger o‘zining kanalida.
Foydalanuvchilarning fikri ikkiga bo‘lingan. Kimdir logotipni ajoyib va zamonaviy desa, yana kimdir u Toshkent ruhiyatini aks ettirmayapti, degan fikrda.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida poytaxtning sayyohlik brendi shakllantirilishi doirasida poytaxt hokimiyati tomonidan shaharning logotipi taqdim etilgandi.
Izoh (0)