O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jamshid O‘roqov Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu vazifada ishlab kelgan Shunqor Xudoyberdiyev oldinroq Pastdarg‘om tumani hokimi etib tasdiqlangandi.
Oybek Xo‘jayev viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bu lavozimda 2018-yil fevralidan buyon ishlab kelgan Otabek Boboyev o‘rnini egalladi.
Izoh (0)