Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni yangi tashkil etilayotgan tarkibiy bo‘linma – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limiga tanlov asosida ishga qabul qilinishini e’lon qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, xodimlarni ishga qabul qiladigan bo‘limning faoliyati quyidagilardan iborat:
- Qonunchilik palatasi faoliyatini axborot-texnik jihatdan ta’minlash;
- Qonunchilik palatasining axborot tizimlari va axborot resurslarini, shu jumladan elektron ovoz berish, ovoz kuchaytirish, stenografiya qilish, elektron hujjat aylanishi va boshqa tizimlarini shakllantirish, ularni rivojlantirish va ulardan foydalanish;
- Qonunchilik palatasida axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish va “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish;
- Faoliyat jarayonlarini avtomatlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hisobiga Qonunchilik palatasi faoliyatining ochiqligini ta’minlashga ko‘maklashish.
- tizim ma’muri;
- mutaxassis muhandis;
- elektronchi muhandis;
- ma’lumotlar bazalari ma’muri;
- axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis;
- veb-ma’mur, dasturchi muhandis va boshqalar.
- oliy ma’lumotli bo‘lish (axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisligi bo‘yicha maxsus oliy ma’lumotga ega bo‘lish yanada maqbul hisoblanadi);
- zamonaviy axborot texnologiyalarini bilish, shuningdek kompyuter tarmoqlarini boshqarish, dasturlashtirish, tegishli normativ hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajarish mahorati va ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Tanlovda ishtirok etishga qiziquvchi shaxslardan obyektivka-ma’lumotnomani (rezyumeni) 2019-yil 20-yanvargacha quyidagi elektron pochta qabul qilinadi: kadr@parliament.gov.uz, ma’lumotlar uchun telefon: 71-239-81-05.
Izoh (0)