O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 8-yanvar kuni Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o‘tkazishga oid diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni imzolash, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va al-Azhar universiteti rektori bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimotlar o‘tkazishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)