Gruziyada qirq yoshli ayol so‘nggi vaqtlarda cho‘chqa grippi virusidan vafot etgan to‘qqizinchi kishi bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, ayol bir necha kun oldin nafas yo‘llarining o‘tkir infeksion kasalligi va kislorod yetishmasligi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, davolash ishlariga qaramasdan, ayol 6-yanvar kuni vafot etgan.
Gruziya sog‘liqni saqlash vazirligi aholini grippga qarshi emlanishga va gigiyena qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda.
Izoh (0)