O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi davlat organini mustaqil alohida organ sifatida tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi vazifalarni o‘tkazgan holda mustaqil monopoliyaga qarshi davlat organini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Bu o‘zgarish jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi loyihasida keltirilgan.
Izoh (0)