Germaniyaning Botrop shahrida bir erkak avtomobilda bir guruh piyodalar ustiga bostirib bordi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kamida to‘rt kishi jabrlandi, ba’zilari — og‘ir ahvolda. Jabrlanganlar orasida Suriya va Afg‘oniston fuqarolari bor.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 50 yoshli erkak odamlar ustiga qasddan avtomobilida bostirib borgan. Uni bunga ksenofobiya — begonalardan nafratlanish va qo‘rqish hissi undagani taxmin qilinmoqda.
Gumonlanuvchi qo‘lga olindi.