Ingushetiyada aziz avliyolardan birining evarasi bo‘lgan, o‘ldirilgan din arbobi Ibrohim Belxaroyev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
U otasining qabri yonida dafn qilindi. Tergov organlari tomonidan Belxaroyevning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Uning avtomobili 30 dekabr tunda noma’lum shaxslar tomonidan Nasroniydagi ko‘chalardan birida o‘qqa tutildi. Olingan jarohatlar oqibatida 46 yoshli din arbobi hamda 38 yoshli avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Shayx Batal xoji Belxaroyev XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Ingushetiyada islom oqimlaridan biriga boshchilik qilgan.