Rossiyaning Magnitogorsk shahrida turar joy podyezdi qulab tushgach, vayronalar ostidan chaqaloq topildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“11 oylik go‘dak xarobalar tagidan tirik topildi”, — deyiladi Chelyabinsk viloyati gubernatori matbuot xizmati xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, qutqaruvchilar chaqaloq yig‘isini eshitgan. Bola o‘z karavotchasida issiq qilib o‘rab qo‘yilgani uning hayotini saqlab qolgan.