Dovud shahridagi milliy bog‘da amalga oshirilgan qazishma ishlari chog‘ida Isroil qadimgi buyumlari boshqarmasi arxeologlari tomonidan qimmatbaho toshli qadimiy uzuk topildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Mutaxassislar, buni hozirgi zamon singari, qadim zamonlarda ham ayollar cho‘milishdan oldin uzuk va zargarlik buyumlarini yechib qo‘yganligi bilan izohlamoqda. O‘sha davr ayollari ham ba’zan buyumlarini unutib qo‘ygan.
Ekspeditsiya ishtirokchilaridan biri arxeolog Ari Levining fikricha, ayol Quddus tomonga ketishda diniy marosim o‘tkaziladign suv marosimini qabul qilishdan oldin qimmatbaho uzugini yechgan. Shubhasiz, keyin u uzukni unutib, uni yo‘qotib qo‘ygan. Bu hodisa chamasi ikki ming yil avval sodir bo‘lgan.
Izlanish davomida kashf etilgan uzuk arxeologlarga Ikkinchi Ibodatxona davridagi (e.a.516-yil — bizning eraning 70-yillari) bir kishining tarixi va odatlarini boshqalarniki bilan bog‘lash va o‘rganish imkonini beradi.
Marosim vannalari Shiloax havzasidan Ibodatxona tog‘iga olib boradigan shibbalab qotirilgan yo‘ldan topilgan. Tarixchilarning tahminicha, u yahudiy ziyoratchilarni ibodatxonaga olib borgan asosiy yo‘l bo‘lgan.