AQShning mamlakat yadro quroli arsenalini boshqaruvchi strategik qo‘mondonligi Twitter’da qoldirilgan, zarurat bo‘lganda Nyu-Yorkdagi Tayms-maydoniga Yangi yil sharidan kattaroq narsa tashlashga tayyor ekanligi to‘g‘risidagi xabari uchun kechirim so‘radi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
“Bizning Yangi yil tvitimiz odobdan tashqari bo‘lib, qadriyatlarimizni aks ettirmaydi. Biz buning uchun kechirim so‘raymiz. Biz Amerikaning xavfsizligi va ittifoqchilarimizga sodiqmiz”, — deyiladi qo‘mondonlikning Twitter’dagi xabarida.
Avvalgi tvit o‘chirildi. Unda harbiylar zarurat tug‘ilsa, an’anaviy Rojdestvo sharidan ko‘ra “katta narsa tashlashga” tayyorligi haqida aytilgan. Shu bilan birga, tvitda B-2 strategik bombardimonining bomba tashlayotgan videotasvirlar qo‘yilgan.
Xabar ijtimoiy tarmoqlarda juda katta tanqidlarga sabab bo‘ldi va keyin o‘chirildi. An’anaga ko‘ra, har yili 31-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:59da Tayms-maydonida 23 metr balandlikdan maxsus shar tushiriladi. Sharning eng past nuqtasi Yangi yil kirib kelganini bildiradi.