Qo‘rg‘ontepa tumanida “Andijon — Xonobod” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus haydovchisi T. U. viloyat markazi tomon borar ekan, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda O.E.ni urib yubordi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Haydovchi tomonidan sodir etilgan halokat tufayli jabrlangan yo‘lovchi kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi.
“Avtohalokatlarda haydovchilar bilan bir qatorda yo‘lovchilarning ham xatolari bor. Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay Qo‘rg‘ontepa tumanida yilning shu davriga qadar 41 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Buning oqibatida 28 kishi tan jarohati olgan bo‘lsalar, 13 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi”, — deydi tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Sanjarbek Solijonov.
Izoh (0)