“Vatanparvarlik” oyligi doirasida Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyiga Yangi yil bayrami munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti va shahar Mudofaa ishlari bo‘limi harbiy xizmatchilari hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi xodimlari tashrif buyurdi.
Qalbi zavq-u shavqqa to‘lgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari harbiylarni xursandchilik kayfiyati bilan kutib oldi.
Bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi harbiylar bayramiga tuhfa bo‘lgan bo‘lsa, harbiylar tomonidan 108 nafar turli yoshdagi o‘g‘il qizlarga Yangi yil bayramiga sovg‘a tariqasida shirinliklar ulashildi.
Shu kuni halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar katta leytenant R.Xalilov va kichik serjant J.Saidazimovlar oilasiga tashrif buyurdilar. Chirchiq shahrida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan va nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalar holidan ham xabar olindi.
Izoh (0)