Filippinda qo‘zg‘olonchilarga qarshi olib borilgan operatsiya natijasida 11 nafar harbiy qo‘lbola tayyorlangan portlovchi moslamalarning portlatilishi natijasida jarohatlandi, deb xabar beradi “Sinxua” agentligi.
Mamlakat mudofaa vazirligi bergan bayonotiga ko‘ra, Monkayo shahrida (januybiy provinsiyadagi Kompostello vodiysi) “Yangi xalq armiyasi”ga qarshi 25-piyoda askarlar batalyoni olib borgan operatsiya paytida baxtsiz hodisa ro‘y bergan.
Jarohatlangan harbiylar vertolyotda evakuatsiya qilinib, kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda.
“Yangi xalq armiyasi” Filippin hududida 1969-yildan beri hukumat harbiylariga qarshi haqiqiy partizan urushini olib boradi. Jangarilarning safida 4 mingdan kishi bor.
Izoh (0)