Meksikaning Akapulko shahrida (Gerrero shtati) rojdestvo bayrami arafisida otishma yuz berdi, deb xabar bermoqda El Universal.
Otishma natijasida besh kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar ichida bir yoshga to‘lmagan chaqaloq ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan jinoyatchilar bayram nishonlanayotgan uyga bostirib kirib, barchani o‘qqa tutgan. To‘rt erkak voqea joyida vafot etgan, chaqaloq esa kasalxonada jon bergan.
Izoh (0)