“Kristal Pelas” hujumchisi Uilfrid Zahaga faoliyatini Xitoyda davom ettirishi taklif qilindi, deb yozadi Daily Mail.
Xitoyning “Dalyan Ifan” klubi futbolchiga 44 million funt (49 million yevro atrofida) ga teng 4 yillik shartnoma taklif qildi.
Joriy yil ivuarlik o‘yinchi “Kristal Pelas” bilan 2023-yilga qadar yangi shartnoma imzoladi. Uning haftalik maoshi 130 ming funtni tashkil etadi. Bu esa xitoyliklar taklif qilayotgan summadan 3 baravar kam. Bundan tashqari, Xitoy klubi futbolchining Angliyaga samolyotda 1-klassda borib-kelish xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi.
Ta’kidlanishicha, “Dalyan Ifan” klubi 26 yoshli futbolchiga yanvar oyida rasmiy taklif bilan chiqadi. Zaha 2002-yildan beri “Kristal Pelas” tizimida. Hujumchining klubdagi debyut o‘yini 2010-yilning 27-mart kuni “Kardiff Siti”ga qarshi kechgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)