• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ombudsmanning qamoqxonalarga kirib borishi va hujjatlar bilan tanishishi ta’minlanadi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Deputatlar ishni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi qonun hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonuni loyihasini muhokama etishdan boshladi.

    Deputatlar fikricha, bu qonun loyihasi O‘zbekistonda “milliy preventiv mexanizm” institutining joriy etilishini, ya’ni qamoqda saqlash joylariga ombudsmanning kirib turishi orqali qiynoq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlarining oldini olish choralari ko‘rilishini anglatadi.

    Loyihada ombudsman qamoqda saqlash joylariga kirganida u yerda saqlanayotgan shaxslar soni haqida ma’lumot olishi, ularni saqlash sharoitini o‘rganishi, shaxslar bilan xoli uchrashishi, bunday joylarda shaxsni saqlashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishib chiqishi mumkinligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda. Shuningdek, qamoqda bo‘lib turgan shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishi, qamoqda saqlash joylari ma’muriyatining qonunga zid harakati (harakatsizligi)ning oldini olish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishi, shaxslarni qamoqda saqlashning sharoiti haqida o‘z xulosasini tayyorlashi va uni tegishli organlarga yuborishi, bu kabi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishi ko‘zda tutilmoqda.

    Qamoqda saqlash joylaridan tashqari, shaxs o‘z xohish-irodasi bilan tark etish imkoni bo‘lmagan boshqa joylarga ham оmbudsmanning kirib borishi nazarda tutilmoqda. Bunday joylar sirasiga shaxsni sud yoki boshqa vakolatli organ qarori bilan joylashtiriladigan turli internat muassasalari, ijtimoiy xavfli kasalliklarga chalingan shaxslarni davolash va saqlash muassasalari, psixiatriya muassasalari va boshqalar kiradi.

    Eng asosiysi, qonun loyihasida оmbudsmanning ushbu faoliyatiga amaliy ko‘mak berish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tuzilishi lozimligi haqidagi normani kiritish, оmbudsman kotibiyatida unga ko‘maklashish sho‘basini tuzish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, mansabdor shaxslarning оmbudsman oldidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritish va unda оmbdusmanning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish taklif etilmoqda.

    Majlisda ko‘rilgan masalalar orasida Davlat geologiya qo‘mitasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi roli, mas’uliyatini oshirish, mazkur sohada faol investitsiyaviy siyosatni yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi va “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamasi ham qizg‘in kechdi.

    Deputatlar fikricha, ushbu qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar sonining ko‘payishi va soliq tushumlarining ortishiga, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishni qonuniylashtirish, foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish hollariga chek qo‘yishga xizmat qiladi.

    Majlisda deputatlarning bahs-munozarasiga sabab bo‘lgan masalalardan yana biri — “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi hayotiy zarurat tufayli tayyorlangani bilan ahamiyatlidir. Ushbu qonun loyihasi shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash ishtirokchilarining o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya etishini ta’minlash, fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan nazorat qilish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.

    Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni xalqaro uzatishini soddalashtiradi hamda qayerda qayta ishlanishidan qat’i nazar, fuqarolar ma’lumotlari himoyasini ta’minlash kafolatlarini yaratadi. Fuqarolarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ularning shaxsiy hayoti daxlsizligi bo‘yicha huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga ko‘maklashadi.

    Muhokamalar chog‘ida deputatlar O‘zbekiston tarixida insonning shaxsiy hayot daxlsizligini muhofazalash borasida yangi bosqichni boshlab beradigan ushbu qonun loyihasi muhim va zarur hujjat bo‘lishini ta’kidladi. Shu bilanbirga, u so‘z va fikr erkinligi cheklanishiga olib kelmasligi zarurligini qayd etdi.

    26.12.2018, 21:03   Izoh (0)   15436
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2019-yildan pensiyalarni hisoblash tartibi o‘zgaradi

    26.12.2018, 20:49

    2018-yilda O‘zbekistonda yuz bergan eng muhim voqealar aniqlandi

    26.12.2018, 20:35

    Farg‘onada avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi oldida qarovsiz qoldirilgan Spark o‘g‘irlab ketildi

    26.12.2018, 20:21

    O‘zbekiston Moskvada VDNXdagi pavilyonni o‘ziga qaytarib olmoqchi

    26.12.2018, 20:07

    O‘zbekistonda yetishtiriladigan paxta to‘liq qayta ishlanadi

    26.12.2018, 19:53

    O‘zbekistonda auditor malaka sertifikatini berish tartibi belgilandi

    26.12.2018, 19:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

    Kino | 12 avgust, 12:17

    AQSH va Xitoy savdo muzokaralari 90 kunga kechiktirildi

    Dunyo | 12 avgust, 12:03

    OpenAI GPT-5 taqdimotining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng GPT-4o ni qaytardi

    Layfstayl | 12 avgust, 11:50

    “PSJ” Bredli Barkolyani “Liverpul”ga sotmaydi

    Sport | 12 avgust, 11:45

    O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini reklama qilgan yana ikki nafar vayner sudga berildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 11:20

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    Hindiston poytaxti daydi itlardan tozalanadi

    Dunyo | 12 avgust, 10:59

    AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib, yonib ketdi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 10:48

    “Chelsi” “Manchester Yunayted”ga Alexandro Garnacho bo‘yicha taklif bilan chiqdi

    Sport | 12 avgust, 10:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.