Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilari 2018-yilda O‘zbekistonda yuz bergan eng muhim voqealarni ovoz berish yo‘li bilan aniqladi. Bu haqda “Potrebitel.uz” Telegram-kanalida xabar berildi. Ular orasida ham salbiy, ham ijobiy hodisalar bor.
Ayni paytda ovoz berilayotgan ro‘yxatdan 51 ta voqea o‘rin olgan, ro‘yxat kengayishda davom etmoqda.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan voqealar hozircha quyidagilar:
- Facebook va YouTube’ning bloklanishi;
- Shaharda tajovuzkorlik bilan yoppasiga imorat qurilishi;
- Daraxtlar kesilishining davom etishi;
- Pochta jo‘natmalariga bojlar kiritilishi;
- O‘zbekiston aholisi uchun erkin konvertatsiya imkoniyati;
- Plastik kartalarning erkin naqdlashtirilishi;
- Toshkent aeroportida yashil yo‘lakning joriy etilishi, uchib keluvchilar uchun yangi terminal qurilishi.
Izoh (0)