2012-yilda Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining doping-testlarini qayta tekshirish vaqtida 116 ta musbat namunalar topildi. Bu haqda Insidethegames xabar beradi.
Qayta tekshiruvlar 2016-yilda boshlangan va bu kelgusi yillarda ham davom etadi. London Olimpiadasi tarixdagi eng “kir” musobaqa sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord Pekin—2008 Olimpiadasida o‘rnatilgandi, o‘shanda 86 ta doping-testi natijalari ijobiy ko‘rinish olgandi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)