• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalarga tanlov e’lon qiladi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi chet el oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarida malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktorantura dasturlaribo‘yicha ta’lim olish uchun stipendiyalarga tanlov e’lon qildi.

    Ushbu stipendiyalar dasturi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimi salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil qilinayotgan bo‘lib, stipendiatlar malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktorantura dasturlarini yakunlaganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritishlari talab qilinadi.

    Jamg‘arma stipendiyalari belgilangan tartibda quyidagi dasturlarga ajratiladi:

    — xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga — 2 oygacha muddatga;

    — xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari, davlat idoralari, korxona va boshqa tashkilotlarda stajirovka o‘tashga — 6 oygacha muddatga;

    — yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura dasturi asosida ta’lim olishga — 1-2 yil mobaynida;

    — doktorantura dasturi bo‘yicha — 1- 4 yil mobaynida.

    Jamg‘arma stipendiyalari tanlovdan o‘tgan shaxslar (stipendiatlar)ga quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:

    — xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda stipendiatlarni o‘qitish qiymati to‘lovi;

    — stipendiatlar tomonidan viza olish (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonalari talabiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlari);

    — stipendiatlarning barcha turdagi transport vositalari bilan ta’lim olish joyiga yetib borish uchun yo‘lkira xarajatlari (ikkala tomonga, yiliga bir martagacha);

    — xorijiy mamlakatda ta’lim olish davrida stipendiatlarning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;

    — zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish, shu jumladan darsliklar xarid qilish, ilmiy maqolalar chiqarish, maqolalar va ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna bo‘lish (ta’lim olish dasturi boshida bir martalik to‘lov);

    — xorijda ta’lim olish davrida stipendiatlarni tibbiy sug‘urtalash;

    Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra xorijda ta’lim olish bilan bog‘liq stipendiatlarning boshqa xarajatlari.

    Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    Tanlovlarda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin emas:

    — magistratura dasturlari bo‘yicha — 23 yoshdan kichik va 40 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, ilgari o‘xshash mutaxassislik bo‘yicha xorijda magistraturada tahsil olganlar;

    — doktorantura dasturlari bo‘yicha — 25 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval PhD yoki fan doktori ilmiy darajasini olganlar;

    — malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlari bo‘yicha — 25 yoshdan kichik va 50 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, Jamg‘arma dasturlaridan biri asosida so‘nggi uch yil mobaynida xorijda ta’lim olganlar;

    — xorijda ta’lim olish uchun tanlangan mutaxassislik bo‘yicha barcha dasturlar uchun 2 yildan kam mehnat tajribasiga, shu jumladan pedagogik stajga ega bo‘lganlar;

    — davlat hokimiyatining saylab qo‘yiladigan organlarida faoliyat yuritayotganlar;

    — og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmaganlar.

    Favqulodda holatlarda, vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasiga asoslangan holda komissiyalar qaroriga ko‘ra magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga tanlab olishda tegishli vazirlik va idoralarning mos ravishda 45 va 50 yoshgacha bo‘lgan xodimlari ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

    Xorijda ta’lim olish uchun tanlov davlat va yoki rus tilida o‘tkaziladi.

    Xorijiy til bo‘yicha test sinovlari ta’lim olinadigan mamlakat tili yoki ingliz tilida o‘tkaziladi (agar qabul qilayotgan xorijiy oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada o‘qitish ingliz tilida olib borilsa).

    Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

    Xorijda barcha dasturlar bo‘yicha ta’lim olishga nomzodlar Jamg‘armaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

    a) tegishli namunadagi ma’lumotnoma-obyektivka (anketa);

    b) ta’lim olish shakli va yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi komissiya raisi nomiga ariza (1-ilova);

    v) 3,5 x 4,5 o‘lchamidagi 2 dona rangli fotosurat;

    g) oliy ta’lim muassasasini tugatganligini, shuningdek, ilmiy darajasini (fan nomzodi, PhD va fan doktori.), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi;

    d) mehnat daftarchasi nusxasi;

    ye) pasport nusxasi;

    j) belgilangan namunadagi tibbiy ma’lumotnoma;

    z) chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar), agar mavjud bo‘lsa.

    i) sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

    ye) nomzodning hujjatlar taqdim qilish bo‘yicha chek-list (2-ilova).

    Xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tashga nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda quyidagi hujjatlarni Jamg‘arma qabul Komissiyasiga taqdim etadilar:

    a) buyurtmachi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan nomzod tomonidan Xorijda malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi zarurligi asoslangan tavsiyanoma;

    b) buyurtmachi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan nomzod tomonidan Xorijda malaka oshirib yoki stajirovka o‘tab qaytgandan so‘ng ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi kafolat xati;

    v) malaka oshirish yoki stajirovka dasturi;

    g) malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash dasturini amalga oshirish to‘g‘risida xorijiy muassasa bilan dastlabki kelishuv (agar mavjud bo‘lsa).

    Xorijda magistratura dasturi bo‘yicha ta’lim olishga nomzodlar yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda quyidagilarni taqdim qiladilar:

    a) diplomning ilovasi nusxasi;

    b) xorijiy ta’lim yoki ilmiy muassasaga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjat (“Letter of acceptance”), agar mavjud bo‘lsa;

    v) nomzodning O‘zbekistonda va xorijda e’lon qilingan maqolalari ro‘yxati va ularning elektron variantlari (mavjud bo‘lsa);

    g) xorijda ta’lim olish maqsadi va ta’lim olish tugagandan so‘ng olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse (yozma ish);

    d) buyurtmachi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan nomzod tomonidan Xorijda ta’lim olishi zarurligi asoslangan tavsiyanoma;

    ye) buyurtmachi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan nomzod tomonidan Xorijda ta’lim olib qaytgandan so‘ng ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi kafolat xati.

    Xorijda doktorantura dasturi bo‘yicha ta’lim olishga nomzodlar yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda quyidagilarni taqdim qiladilar:

    a) diplomning ilovasi nusxasi;

    b) xorijiy ta’lim yoki ilmiy muassasaga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjat (“Letter of acceptance”), agar mavjud bo‘lsa.

    v) ushbu sohani rivojlantirish yoki O‘zbekistonda natijalarni qo‘llash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi to‘g‘risida tegishli ilmiy yoki oliy ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyaviy xati;

    g) nomzodning O‘zbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati va ularning elektron variantlari;

    d) rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot maqsadlari, usullari va natijalari, ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari to‘g‘risidagi esse (yozma ish);

    ye) buyurtmachi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan nomzod tomonidan Xorijda ta’lim olishi zarurligi asoslangan tavsiyanoma;

    j) buyurtmachi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan nomzod tomonidan Xorijda ta’lim olib qaytgandan so‘ng ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi kafolat xati.

    Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, to‘plash va dastlabki ko‘rib chiqish Jamg‘armaning xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan hujjatlardan birini nomzod e’londa ko‘rsatilgan muddatda taqdim qilmasa uning tanlovda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Tanlovga hujjatlar

    2018-yil 20-dekabrdan 20 yanvargacha on-line shaklda http://eyuf.uz/uz/ orqali qabul qilinadi.

    Eslatma: Tanlovning barcha bosqichlaridan muvoffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar alohida fayllarga joylashtirilgan holda, qalinligi 5 santimetrli registr-papkaga joylashtirilgan va hujjatlar ro‘yxati A4 qog‘ozda papka-registrning ichki chap tomoniga yelimlangan holda Jamg‘arma Qabul Komissiyasigaga taqdim qilishlari zarur.

    Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (71) 203-00-48, (71) 203-00-47

    Internet manzilimiz: www.eyuf.uz

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi ma’muriyati

    Dasturlar bo‘yicha saralash tanlovi

    Chet elda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborish uchun saralash tanlovi.

    Nomzodlarni saralash to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:

    1-bosqich hujjatlarni ko‘rib chiqish va belgilangan talablarga eng mos keladigan nomzodlarni dastlabki saralashni ko‘zda tutadi (yoshi, mutaxassisligi bo‘yicha zarur ish tajribasi, ilmiy maqolalari mavjudligi, tanlangan mutaxassislikning mamlakat rivojlanishidagi belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga mosligi va boshqa talablar).

    Ushbu bosqich Jamg‘arma xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

    2-bosqichda 1-bosqichda tanlangan nomzodlar ichida amaldagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmaganlari bilan xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha suhbat (yoki imtihon) o‘tkaziladi (oliy ta’lim va boshqa muassasa xodimlarini jalb qilgan holda, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni).

    3-bosqichda 2-bosqichda tanlangan nomzodlar bilan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlari darajasi, intellektual qobiliyatlari, shuningdek, Jamg‘arma tomonidan tayyorlangan savolnoma asosida nomzodlarning dunyoqarashi kengligi hamda O‘zbekiston rivojlanishining ustivor yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun mohiyatini bilishini aniqlash bo‘yicha suhbat va yozma imtihon (esse) o‘tkaziladi (vazirlik va idoralar, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, korxona va tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar).

    4-bosqichda xalqaro sertifikatlangan attestatsiya markazlari ishtirokida xorijiy hamkor talablariga muvofiq oldingi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar orasida chet tili bilim darajalarini va/yoki chet tilidagi tahlil imkoniyatlarini baholash bo‘yicha test (IELTS, TOEFL, TestDaf, GMAT, GRE va boshqa) o‘tkaziladi.

    Chet elning ta’lim va ilmiy muassasalari talablari darajasida bilimini tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatga ega nomzodlar test sinovlaridan ozod qilinadi.

    Xorijda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari tanlovdan so‘ng bir oy muddat ichida e’lon qilinadi.

    Xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun nomzodlarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi

    Nomzodlarni saralash uch bosqichda o‘tkaziladi:

    1-bosqich hujjatlarni ko‘rib chiqish va belgilangan talablarga eng mos keladigan nomzodlarni dastlabki saralashni ko‘zda tutadi (yoshi, mutaxassisligi bo‘yicha zarur ish tajribasi, ilmiy maqolalari mavjudligi va boshqa talablar).

    Ushbu bosqich Jamg‘arma xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.

    2-bosqichda 1-bosqichda tanlangan nomzodlar ichida amaldagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmaganlari bilan xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha suhbat (yoki imtihon) o‘tkaziladi (oliy ta’lim va boshqa muassasa xodimlarini jalb qilgan holda, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni).

    3-bosqichda 2-bosqichda tanlangan nomzodlar bilan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlari darajasi, intellektual qobiliyatlari, shuningdek, Jamg‘arma tomonidan tayyorlangan savolnoma asosida nomzodlarning dunyoqarashi kengligi hamda O‘zbekiston rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun mohiyatini bilishini aniqlash bo‘yicha suhbat (va/yoki imtihon) o‘tkaziladi (oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, korxona va tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida).

    Xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari tanlovdan so‘ng bir oy muddat ichida e’lon qilinadi.

    Reklama huquqi asosida.

    22.12.2018, 12:00   Izoh (0)   34239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent savdo markazi: Yangi yil lotereyasi

    22.12.2018, 09:00

    Qanday qilib to‘g‘ri printer tanlash mumkin?

    21.12.2018, 18:00

    10 kun qoldi: Atlas KSM va hamkorlardan “Baraka” aksiyasi

    21.12.2018, 16:30

    O‘zbekistondagi birinchi Hilton mehmonxonasi qanday bo‘ladi?

    21.12.2018, 15:00

    So‘nggi xonadonlar 17 foizgacha chegirmada!

    21.12.2018, 12:00

    XAT “Turkiston” bankdan yangi yilga omonatchilar uchun ajoyib sovg‘a!

    21.12.2018, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.