19-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/2 finali uchrashuvida Madridning “Real” klubi Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubini 3:1 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.
O‘yinda madridliklarning uelslik yarim himoyachisi Garet Beyl “Kashima Antlers” darvozasiga 3 ta gol urdi.
Grasenote Live’ning xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qayd etgan natijani takrorladi.
Messi va Ronaldu ham navbati bilan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bitta o‘yinda 3 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Real” endi musobaqa finalida 22-dekabr kuni “Al-Ayn”ga qarshi kurash olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)