“Uzavtosavdo” onlayn tizimi orqali GM Uzbekistan avtomobillari xaridini bronlashdagi 3 foizdagi majburiy bo‘nak to‘lovi bekor qilindi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar beradi.
Kompaniya xaridorlar mulohazalarini o‘rganganda 3 foiz miqdoridagi bo‘nak to‘lovi avtomobillarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlashga to‘sqinlik qilganini aniqlagan.
Bundan tashqari, kompaniya avtomobillarni yetkazib berish muddati 45 kungacha qisqartirgan.
“ ‘Uzavtosavdo’ onlayn tizimi orqali GM Uzbekistan avtomobillarini avtomobil qiymatining 85% yoki 100% miqdorini to‘lagandan keyin xarid qilish mumkin bo‘ladi, avtomobilni olish navbati esa, to‘lov amalga oshirilgan kunga qarab shakllantiriladi. Avtomobil qiymatini birinchi bo‘lib 100% to‘lagan xaridor birinchilardan bo‘lib o‘z avtomobilini oladi”, – deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.
Shuningdek, kompaniya 2019-yil uchun kontraktatsiyaning butun hajmi taqdim etilganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)