O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar—noyabr oylarida 5,01 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,4 foizga ko‘p.
O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilish hajmi 1,9 milliard dollarni tashkil etdi. Rossiya tovarlari va xizmatlari ekporti esa 3,2 mlrd dollarga yetdi.
Rossiyaning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 17,8 foizni tashkil etib, Xitoydan keyin ikkinchi o‘rindagi yirik hamkorga aylandi.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil yakunida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi umumiy savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yetishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)