GE Healthcare kompaniyasi O‘zbekistondagi shahar-tuman va shahar ko‘p tarmoqli poliklinikalari uchun 200 ta ultratovush tashxis qo‘yish qurilmalarini yetkazib berishni yakunladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Mazkur qurilmalar tibbiyot muassasalaridagi prenetal tashxis qo‘yish kabinetlariga o‘rnatiladi va ayollarni homiladorlikning erta bosqichida ommaviy tekshiruvdan o‘tkazish imkonini beradi.
Kompaniya qurilmalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida muassasalar tibbiy va texnik personalini bosqichma-bosqich o‘quvini o‘tkazadi.
Izoh (0)