Budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish rejasi 100 foiz bajarildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmatiga asoslanib, Turon24 xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 100 ming tonna ko‘mir va ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi. Yetkazib berilgan umumiy ko‘mirning asosiy ulushi Farg‘ona vodiysiga to‘g‘ri kelmoqda – 53 foiz.
Shuningdek, aholiga ko‘mir yetkazib berish rejasi ham 99,5 foizga amalga oshirilgan. Umumiy hisobda aholiga 290 ming tonna ko‘mir va ko‘mir mahsulotlari yetkazilgan.
Izoh (0)