2018-yilning 9 oyi mobaynida Rossiyadan O‘zbekistonga 3 milliard dollarlik pul jo‘natmalari yuborilgan. Bu haqda Rossiya banki ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Uchinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga 1,1 milliard dollardan ortiq pul jo‘natmalari yuborilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich birinchi chorakka nisbatan 60 foizga ko‘p. Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 milliard dollar pul jo‘natilgan.
Bank ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda Rossiyadan pul jo‘natmalarining eng ko‘pi MDH davlatlari ichida O‘zbekistonga yuborilgan.
Oldinroq O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilning 6 oyida Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 2,3 milliard dollarni tashkil etganini va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p ekanligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)